Ichki audit jarayonlarida tahlil va tekshiruv usullarining mohiyati va ularda axborot manbaalarining ahamiyati
##semicolon##
Ichki auditumumiy vergul ro'yxat seperatori tahlil usullariumumiy vergul ro'yxat seperatori tekshiruv usullariumumiy vergul ro'yxat seperatori axborot manbalariumumiy vergul ro'yxat seperatori audit dalillariumumiy vergul ro'yxat seperatori pensiya jamg‘armasiumumiy vergul ro'yxat seperatori riskka asoslangan auditumumiy vergul ro'yxat seperatori moliyaviy nazorat##article.abstract##
Mazkur maqolada ichki audit jarayonlarida qo‘llaniladigan tahlil va tekshiruv usullarining mohiyati
hamda ushbu usullarda axborot manbalarining ahamiyati ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot
davomida davlat sektorida, xususan Pensiya jamg‘armasi tizimida o‘tkazilgan ichki auditlar misolida tahlil va
tekshiruv yondashuvlarining samaradorligi baholandi. Maqolada qayta hisoblash, hujjatli solishtirish, trend tahlili,
intervyu va kuzatuv kabi usullarning aniqlangan moliyaviy kamchiliklar va ortiqcha to‘lovlarni fosh etishdagi roli
ochib berilgan. Shuningdek, audit jarayonida foydalaniladigan axborot manbalarining huquqiy maqomi, ishonchlilik
darajasi va axborot qiymati audit dalillarining sifatiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ichki auditda tahliliy
yondashuvlarni kuchaytirish va axborot manbalarini ustuvorlashtirish audit samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi.