AIM lean (adaptive-innovative-management lean) O'zbekistonda korxonalarning innovatsion rivojlanishining drayveri sifatida

##article.authors##

##semicolon##

Lean managementumumiy vergul ro'yxat seperatori AIM Leanumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori raqamli iqtisodiyotumumiy vergul ro'yxat seperatori strategik boshqaruvumumiy vergul ro'yxat seperatori tejamkor ishlab chiqarishumumiy vergul ro'yxat seperatori raqobatbardoshlikumumiy vergul ro'yxat seperatori O‘zbekiston

##article.abstract##

Raqamli transformatsiya va intellektual iqtisodiyot shakllanayotgan sharoitda O‘zbekiston korxonalari
oldida innovatsion rivojlanishni va barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlay oladigan yangi boshqaruv modellarini izlash
vazifasi turibdi. Muqobil yo‘nalishlardan biri bu jahon tajribasida samaradorligi isbotlangan, biroq transformatsion
iqtisodiyot sharoitiga moslashtirishni talab qiladigan Lean management konsepsiyasining adaptatsiyasidir. Ushbu
maqolada klassik tejamkor ishlab chiqarish tamoyillarini raqamli texnologiyalar va intellektual strategik boshqaruv
vositalari bilan integratsiyalashgan AIM Lean modeli nazariy va metodologik ahamiyatga ega ekanligi asoslab
beriladi. Muallif tomonidan AIM Lean va innovatsion rivojlanish o‘zaro bog‘liqligining konseptual sxemasi taklif
etiladi, shuningdek, an’anaviy Lean management va AIM Leanning qiyosiy xususiyatlari taqdim etiladi. Tadqiqotning
nazariy hissasi korxonalarni boshqarishda barqaror o‘sish, raqamlashtirish va innovatsion faollikka yo‘naltirilgan yangi
yondashuv ishlab chiqilishida namoyon bo‘ladi. Amaliy ahamiyati esa O‘zbekiston sanoat korxonalarida AIM Lean
modelini qo‘llash orqali samaradorlikni oshirish va uzoq muddatli raqobat ustunliklarini shakllantirish imkoniyati
bilan belgilanadi.

##submission.downloads##

Taqdimot chop etildi

2026-07-03

##issue.issue##

Bo'lim

MENEJMENT VA MARKETING