Hududlarda to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmi
##semicolon##
Innovatsion salohiyatumumiy vergul ro'yxat seperatori jahon iqtisodiyotiumumiy vergul ro'yxat seperatori globallashuvumumiy vergul ro'yxat seperatori mutanosib rivojlanishumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsion iqtisodiyotumumiy vergul ro'yxat seperatori modernizatsiyaumumiy vergul ro'yxat seperatori texnik yangilashumumiy vergul ro'yxat seperatori mulk bozori##article.abstract##
Bilamizki, sanoat korxonalarining innovatsion salohiyati va faolligini oshirish milliy iqtisodiyotining
barqaror va mutanosib rivojlanishi, jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashi, aholi turmush darajasi va farovonligining
yanada oshirilishi olib borilayotgan izchil davlat siyosatining asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Bu esa jahon
iqtisodiyotining globallashuv ko‘lami tobora kengayib borayotgan bir sharoitda har qanday jarayon o‘zgarishlariga
qarshi tura oluvchi, ichki va tashqi bozor talablariga tezlik bilan moslashuvchi sanoat korxonalarini shakllantirishni
taqozo etadi. Shu boisdan ham, O‘zbekiston iqtisodiyotini kelgusida rivojlantirishni asosiy muammolaridan biri
globallashuv sharoitida raqobatbardosh va samarali innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish hisoblanadi. Bunday
natijalarga erishish yuqori texnologik ilmiy ishlab chiqarishdan foydalanishga asoslangan, iqtisodiyotning yetakchi
tarmoq va bo‘limlarini modernizatsiya va texnik yangilash, yuqori malakali mutaxassis va ilmiy kadrlarni tayyorlash
sohasini rivojlantirish va intelektual mulk bozorini shakllantirish orqali erishiladi