Qishloq xo‘jaligi mehnat bozori tarkibi va bozordagi resurslardan samarali foydalanish (Qashqadaryo viloyati misolida)
##semicolon##
mintaqaviy mehnat bozoriumumiy vergul ro'yxat seperatori mehnat resurslariumumiy vergul ro'yxat seperatori ishchi kuchi harakatchanligiumumiy vergul ro'yxat seperatori bandlikumumiy vergul ro'yxat seperatori migratsiyaumumiy vergul ro'yxat seperatori mintaqaviy iqtisodiyotumumiy vergul ro'yxat seperatori demografik omillarumumiy vergul ro'yxat seperatori qishloq xo‘jaligini rivojlantirishumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsion texnologiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori mehnat bozori tamoyillari##article.abstract##
Ushbu maqola Qashqadaryo viloyati misolida qishloq xo‘jaligi mehnat bozori tarkibi va ushbu bozordagi
resurslardan samarali foydalanish muammolarini keng tahlil qiladi. Mamlakatimizda agrar islohotlar shiddat bilan
kechayotgan bir paytda, mehnat bozori samaradorligi va resurslardan to‘liq foydalanish masalasi ayniqsa dolzarb
bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, agrar hududlarda bandlik darajasi, iqtisodiy faollik va rasmiy ish o‘rinlarining yetishmasligi,
mavjud resurslar va imkoniyatlarning to‘liq ishga solinmasligi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda
statistik ma’lumotlar, Prezident farmonlari va qarorlari, mahalliy va xorijiy olimlar fikrlari asosida holat chuqur
o‘rganilgan. Statistik tahlil, grafik ko‘rinishdagi tasvirlar hamda tumanlar kesimidagi amaliy muammolar yoritilib,
ularni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar bilan mahalliy sharoitlar qiyosiy tahlil qilingan.