Barqaror rivojlanish maqsadlari va xalqaro kompaniyalarning ijtimoiy mas’uliyati
##semicolon##
barqaror rivojlanishumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy mas’uliyatumumiy vergul ro'yxat seperatori xalqaro kompaniyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori ESG tamoyillariumumiy vergul ro'yxat seperatori iqtisodiy barqarorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori ekologik barqarorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy barqarorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori korporativ boshqaruvumumiy vergul ro'yxat seperatori O‘zbekiston Respublikasi,umumiy vergul ro'yxat seperatori Prezident qarorlariumumiy vergul ro'yxat seperatori biznes strategiyalariumumiy vergul ro'yxat seperatori milliy biznesumumiy vergul ro'yxat seperatori raqamli transformatsiya##article.abstract##
Ushbu maqolada barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida xalqaro kompaniyalarning ijtimoiy mas’uliyati
konsepsiyasi chuqur tahlil qilinadi. Global iqtisodiyotda barqarorlik tamoyillari iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalarda
barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun asosiy omil sifatida ko‘rilmoqda. Xalqaro kompaniyalar o‘z faoliyatlarida ESG
(Environmental, Social, Governance) tamoyillarini keng joriy etib, nafaqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilamoqda,
balki ijtimoiy va ekologik mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olmoqda. Tadqiqot doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti
tomonidan belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlari, shuningdek, yetakchi xalqaro kompaniyalar tajribalari, Deloitte
va McKinsey kabi konsalting kompaniyalarining hisobotlari tahlil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 va 2022-yillarda qabul qilingan qaror va farmonlari esa milliy biznesning xalqaro standartlarga moslashuvi va
barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan strategiyalarni amalga oshirishdagi huquqiy asos vazifasini bajaradi. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy mas’uliyat konsepsiyasini faol joriy qilgan kompaniyalar uzoq muddatli iqtisodiy
barqarorlikka erishmoqda, shu bilan birga jamiyat va atrof-muhitni muhofaza qilishda ham yetakchi rol o‘ynaydi.
Milliy kompaniyalar uchun xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish
iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga
ega