Autizmli bolalarda psixologik-fiziologik holat
##semicolon##
Erta bolalik autizmiumumiy vergul ro'yxat seperatori Retta sindromi,umumiy vergul ro'yxat seperatori Aspergera sindromi,umumiy vergul ro'yxat seperatori introvertumumiy vergul ro'yxat seperatori shizofreniyaumumiy vergul ro'yxat seperatori anemiyaumumiy vergul ro'yxat seperatori exolaliyaumumiy vergul ro'yxat seperatori medikamentoz##article.abstract##
Autizm – bu o‘xshash ko‘rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan real borliqdan
ketish. Bemorlar kasallik boshidanoq atrofdagilardan ajragan, jim yuradi, odamlar bilan kam muomala qiladi, majbur
bo‘lgan hollarda rasmiy, sovuq muomalada bo‘ladi, ko‘zini olib qochadi, so‘rashganda qo‘l cho‘zmaydi. Ular bilan
suhbat tor doirada chegaralangan bo‘ladi. Ayrim hollarda bemorlar niqobda yuradilar: katta qora ko‘zoynak, keng
shlyapa, uzun soch, soqol. Ancha og‘irroq hollarda kasallar sababsiz o‘qish va ishni tashlaydilar, uydan chiqmay
qo‘yadilar va hatto ko‘p vaqtni o‘rinda o‘tkazadilar. Boshqa hollarda shahardan chiqib ketib, o‘rmon, tog‘, g‘orlarga
yashirinadilar. Ba’zi bemorlar o‘z autizmini kompensatsiya qilish uchun ish joyini va kasbini o‘zgartiradilar. Bunday
bemorlarning fikrlashi o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi, ular xayolotlarida yashaydilar, o‘zlarini atrofda sodir bo‘layotgan
voqealar markazida turgandek his qiladilar