BIOMASSADAN MUQOBIL YOQILGʻI OLISHNING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI
##semicolon##
aerob, anaerob, kondensator, piroliz reaktori, biogaz reaktori, biomassa, muqobil yoqilgʻi, kollektor, bioenergetik qurilma.##article.abstract##
Jahonda energiya resurslari kamayib borayotganligi, ularning tannarxi
muntazam ravishda oshib borishi ulardan kelajakda oqilona foydalanishda energiya tejamkor
texnologiyalarni qoʻllash muhimligini koʻrsatadi. Mualliflar tomonidan biomassadan muqobil
yoqilgʻi olish uchun biogaz qurilmasidan foydalanish samaradorligi va qurilmaning xususiy
ehtiyojiga sarflanadigan issiqlik energiyasini tejash hamda qurilmaning issiqlik texnik
koʻrsatkichlari boʻyicha ilmiy tadqiqot natijalari tahlil qilingan.
Ushbu maqolada biomassa (xomashyo) ni biologik qayta ishlashning aerob va anaerob
usullari, turli xil biogaz qurilmalarining issiqlik sxemalari qiyoslash usulida tahlil qilingan. Anaerob
bijgʻish jarayonida olingan hisobiy-nazariy tadqiqotlarning maqsadlari, biogaz qurilmalarining
issiqlik sxemalari, issiqlik samaradorligi, issiqlik-texnik parametrlarini optimallashtirilish darajasini
hisobga olgan holda taqribiy baholashga yoʻnaltirilgan.
Biogaz reaktorini issiqlik bilan taʼminlash uchun kombinatsiyalashgan piroliz-biogaz tizimi
taklif etilgan. Mazkur tipdagi biogaz qurilmasiga piroliz kondensatorining yoʻqotiladigan
issiqligidan foydalanilishi natijasida biogaz reaktorida 52-56 ℃ harorat hosil qilish mumkinligi
aniqlangan boʻlib, natijada anaerob bijgʻish jarayoni uchun qurilmaning xususiy energiya sarfini
60-65 % gacha kamaytirish imkonini beradi.
Biomassani qayta ishlashda, yoqilgʻi va energiya tejamkorligiga erishishda quyosh energiyasi
va piroliz kondensatori issiqligi asosida ishlaydigan kombinatsiyalashgan piroliz-biogaz
qurilmasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
##submission.citations##
Захидов Р.А., Лутпуллаев С.Л. Мировые тенденции в развитии альтернативной
энергетики и задачи Узбекистана в освоении возобновляемых источников энергии //
Гелиотехника. 2015., №1. – стр. 55 – 69.
Uzoqov Gʻ.N., Davlonov X.A. Gelioissiqxonalarning energiya tejamkor isitish tizimlari //
Monografiya. Toshkent, Voris-nashriyoti, 143 b.
Узаков Г.Н., Давланов Х.А., Тошмаматов Б.М. Энергоэффективные системы и
технологии с использованием альтернативных источников энергии. Альтернативная
энергетика. 2021. Т. 1. С. 7-19.
Hatamov I.A., Ibragimov U.X. Piroliz qurilmalarining zamonaviy holati tahlili //Innovatsion
texnologiyalar. – 2022. – T. 1. – S. 112-117.
Биркин С.М. Совершенствование технологии и технических средств утилизации навоза
крупного рогатого скота //автореферат диссертации, Волгоград. 2009 г.стр.23
https://patents.google.com/patent/RU2545737C2/ru
https://patents.google.com/patent/RU188085U1/ru
https://patents.google.com/patent/RU2605312C1/ru
Ковалев А.А. Повышение энергетической эффективности биогазовых установок //
диссертация к.т.н., Москва. 2014 г. стр.114
Lucia Lijo., Lorenzo-Toja Yago., Gonzalez-Garcia Sara., Bacenetti Jacopo., Negri Marco., &
Moreira Maria Teresa. (2017). Eco-efficiency assessment of farm-scaled biogas plants.
Bioresource Technology, 237, 146–155. doi:10.1016/j.biortech.2017.01.055
Giuliano, A., Bolzonella, D., Pavan, P., Cavinato, C., & Cecchi, F. (2013). Co-digestion of
livestock effluents, energy crops and agro-waste: Feeding and process optimization in
mesophilic and thermophilic conditions. Bioresource Technology, 128, 612–
doi:10.1016/j.biortech.2012.11.002
Hadin, A., & Eriksson, O. (2016). Horse manure as feedstock for anaerobic digestion. Waste
Management, 56, 506–518. doi:10.1016/j.wasman.2016.06.023
Zhou, H., & Wen, Z. (2019). Solid-State Anaerobic Digestion for Waste Management and
Biogas Production. Advances in Biochemical
Engineering/Biotechnology. doi:10.1007/10_2019_86
https://worldwide.espacenet.com/patent/search/family/040863529/publication/US8440437B2
?q=US8440437
Shigehisa Kimura. Biogaz qurilmasining fermentatsiya suyuqligidan samarali foydalanish.
Yaylov va bogʻdorchilik 71-jild 2-son (2023). (https://www.snowseed.co.jp/wp/wpcontent/uploads/grass/700-04.pdf)
https://patents.google.com/patent/CN104650605A/zh
Карамян Г.O. Автономная солнечно-биогазовая установка // ISSN 0002-306X. Изв. НАН
РА и ГИУА. Сер. ТН. 2007. Т. LX, № 2.
Отарбаев А.Т. Перспективы использования гелиобиогазовых установок на территории
Республики Казахстан // UNIVERSUM: Технические науки. Май. 2022 г. № 5 (98)
Imomov J.Sh. Biogaz: Ekologiya va organik o‘gʻit //dissertatsiya, Toshkent. 2016 yil. 207 bet.
Uzakov Gʻ.N., Hatamov I.A., Davlonov X.A., Safarov A.B., Mamedov R.A.
Kombinatsiyalashgan bioenergetik qurilma. № FAP 2393. 25.01.2024-yil.
##submission.downloads##
Taqdimot chop etildi
##submission.howToCite##
##issue.issue##
Bo'lim
##submission.license##
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by-nc4.footer##