Mualliflar uchun ma'lumot
“Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnalining chop etiladigan ilmiy maqolalarga talablari
“Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnali tahririyati Sizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda Sizdan nashr qilish uchun maqolalarni berishda quyidagi talablarga rioya qilishingizni so‘raydi.
- Muallif tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnalning “Jurnal bo‘limlari” ruknida keltirilgan yo‘nalishlarga mos kelishi kerak;
- Maqolaning rasmiylashtirilishi uchun parametrlar quyidagicha:shrift – Times New Roman, kegel -14, interval – 1,0 MS Word formatda; ilmiy maqolaning hajmi kamida 6-7 bet va maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi kerak, adabiyotlar soni 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim. Maqolada keltirilmagan manbalar adabiyotlar ro‘yxatiga kiritish mumkin emas. ;
- Maqolada ko‘tarilayotgan muammo aniq qo‘yilgan, berilayotgan ma’lumotlar nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxta bo‘lishi; ko‘rsatilayotgan manbalarning ishonchli, muammo, xulosa, taklif va tavsiyalar asoslangan bo‘lishi;
- Maqola jadvallar, chizmalar va diagrammalar bilan boyitilishi kerak, keltirilgan statistik va faktologik materiallarga manbalari ko‘rsatilgan havolalar keltirilishi kerak (manba to‘g‘risida to‘liq ma’lumot keltirilishi kerak), maqolaga kiritilgan rasm, jadval, sxema, grafik, belgilar aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi kerak;
- Maqola o‘zbek,rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin;
- Maqola halqaro andozalar talabiga ko‘ra quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- UDK (maqolaning yuqori chap burchagida keltiriladi, klassifikator http://teacode.com/online/udcsaytida keltirilgan )
- Ilmiy maqola mavzusi(maqola mavzusi imkon qadar qisqa va lo‘nda ko‘rinishda 3 ta tilda shakllantirilgan bo‘lib, maqolaning tadqiqot yo‘nalishini aniq ifoda etishi lozim, katta bosma harflar bilan, o‘rtadan.);
- Muallif (lar) to‘g‘risida ma’lumotlar(muallif(lar)ning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va muloqot telefonlari 3 ta tilda kiritiladi, barcha ma’lumotlar qisqartmalarsiz to‘liq kiritilishi kerak)
- Maqola annotatsiyasi maqolaga o‘zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha annotatsiya taqdim etilishi zarur (har bir tildagi annotatsiya kamida 2-3 gapdan iborat bo‘lishi kerak);
- Tayanch so‘zlar (tayanch so‘zlarning har biri asosiy matn tarkibida o‘rtacha 5-10 marta takrorlanishi tavsiya etiladi. Tayanch so‘zlar o‘zbek, ruc hamda ingliz tillarida taqdim etilishi kerak).
- Kirish(unda mavzuning dolzarbligi, ilmiy muammoning qo‘yilishi, maqsadi, ilmiy mohiyati aks ettiriladi);
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Adabiyotlar bo‘yicha tahlil asosan sohadagi eng yangi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi (mavzuga oid maqolalarni kalit so‘zlar yordamida www.scholar.google.com qidiruv tizimidan topish mumkin));
- Tadqiqot metodologiyasi (tadqiqot metodologiyasi tadqiqot falsafasi va yo‘nalishini (deduksion yoki induksion) belgilash, tadqiqot dizayni, ya’ni tadqiqot muammosining yechimiga olib boruvchi bosh rejasini tuzish, tadqiqot uchun zarur axborotni olish yo‘llari va tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot obetining tanlovi (sampling), birlamchi yoki ikkilamchi ma’lumot manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar, tadqiqot strategiyasini (kuzatish, eksperiment, keys-ctadi, savolnoma, etnografik, arxiv tadqiqot va h.k.) aniqlash bo‘yicha ratsional qaror qabul qilish asosida qo‘yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo‘lni belgilashni anglatadi)
- Tahlillar va asosiy natijalar (tadqiqot metodologiyasida avvaldan belgilab olingan tahlil usullari (matematik modellar va boshqalar) orqali yig‘ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Tahlil qismi natijalari mavzuga oid adabiyotlar tahlili natijalari va xulosalariga taqqoslash hamda shaxsiy fikrlar orqali muhokamasini nazarda tutadi.);
- Xulosa va takliflar (tadqiqotning maqsad, vazifalarining anglashilganligi hamda tadqiqot savollarining o‘z javobini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotning umumiy jarayoniga umumiy xulosalar, shu bilan birga, takliflar va ayni tadqiqotdan kelib chiqqan holda kelajak tadqiqot ishi yo‘nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.);
- Foydalanilgan adabiyot ro‘yxati. (maqolada foydalanilgan barcha havolalar bu qismda alifbo ketma-ketligida Garvard shakli talablarida qayd qilinadi:
- mualliflar ismi-sharifi, (yili), kitob nomi, nashr manzili (Rossiya, O‘zbekiston va h.k.), nashriyot nomi;
- mualliflar ismi-sharifi, (yili), maqola nomi, jurnal nomi, nashri, soni, betlari.)
- Maqola uzsaytining qisqacha hisoboti bilan qabul qilinadi. Originallik kamida 70% bo‘lishi kerak.
- Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
“Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnaliga maqolani innoeconomic@qmii.uz manzili orqali yuborishingiz mumkin.