TADBIRKORLIKNI RAG‘BATLANTIRISHNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI
##semicolon##
tadbirkorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori kichik biznesumumiy vergul ro'yxat seperatori ishbilarmonlikumumiy vergul ro'yxat seperatori ishlab chiqarishumumiy vergul ro'yxat seperatori xizmat ko‘rsatishumumiy vergul ro'yxat seperatori mahsulotlar hajmini oshirishumumiy vergul ro'yxat seperatori eksportumumiy vergul ro'yxat seperatori bandlikni ta’minlashumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni rivojlantirishumumiy vergul ro'yxat seperatori o'sishini rag‘batlantirishumumiy vergul ro'yxat seperatori moliyaviy hamkorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori transport-kommunikatsiya tizimiumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsion mahsulot yaratishumumiy vergul ro'yxat seperatori davlat xaridlariumumiy vergul ro'yxat seperatori savdoumumiy vergul ro'yxat seperatori raqobat##article.abstract##
Mazkur ilmiy maqolada mamlakatimizda tadbirkorlikni rag‘batlantirishning mintaqaviy xususiyatlari, ahamiyati va yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilingan. Qashqadaryo viloyati va tumanlar kesimida tadbirkorlik faoliyatining o‘sish nuqtalari, iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida kichik biznesning ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqqoslangan. O‘zbekistonda ishbilarmonlik va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi aholi farovonligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda belgilangan vazifalar maqolada aks ettirilgan. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qabul qilinishining ahamiyati, mamlakatimizdagi qulay ishbilarmonlik muhiti, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilayotganligi ko‘rsatib berilgan. Bu esa davlatimiz tomonidan olib borilayotgan soha faoliyatini rivojlantirishga doir islohotlar natijasida ularning oldidagi mavjud to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish hamda korxonalar faoliyati barqarorligini ta’minlash va yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadbirkorlikni rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash orqali Qashqadaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va imkoniyatlar yaratish masalalarining o‘rganilganligi ushbu maqola mavzusining dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni, ya’ni ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, shart-sharoitlar yaratish, yangi texnologiyalar bilan ta’minlanishni kuchaytirish, eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish masalalarining kiritilganligi maqolaning ahamiyatini yanada oshiradi.
##submission.citations##
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5020-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2021 yil 05 mart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi” materiallaridan. 2021 yil 31 dekabr
Й.Шумпетер “Основы предпринимательства”. М:, Дело. 2012 2-изд. стр. 25-26
В.М. Яковлев. Яковлев В.М. Конструктивное предпринимательства. –М.: Алма-Пресс. 1994. с. 19-20
X.Abulqosimov. Xususiy kichik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishining iqtisodiy muammolari. Т.: ТДИУ, 1998. – 6-б.
H.O.Rahmonov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Buxoro viloyati misolida) iqt.f.d. diss. avtoref. –T.: 2008
A.B.Qurbonov, I.E.Tursunov. “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish tendensiyalari”. Т-2016. 25-27 betlar
S.S.G‘ulomov “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asoslari”. Toshkent-2016
H.Bobobekov. Amir Temur Qo‘rag‘on “Temur tuzuklari”. Toshkent “Fan va texnologiya” 2014, 196 bet
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarori. 2021 yil 27 mart
Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlari 2019-2022 yillar