Aholini ijtimoiy himoyalashda chet el davlatlari tajribasi. MDH davlatlarida nafaqa islohotlari
##semicolon##
ijtimoiy ta’minotumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy himoyaumumiy vergul ro'yxat seperatori nafaqaumumiy vergul ro'yxat seperatori pensiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy chora-tadbirlarumumiy vergul ro'yxat seperatori aholini himoyalashning AQSH tajribasiumumiy vergul ro'yxat seperatori MDH tajribasi##article.abstract##
Ushbu ilmiy maqolada ijtimoiy ta’minot va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga bag‘ishlangan -
mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy,
iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi haqida fikr-milohazalar berilgan. Ijtimoiy himoyada asosiy maqsad –
aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qatlamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi,
daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini
va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat ekani maqolada aks ettirilgan. Maqolada ijtimoiy
himoyaning asosiy yo‘nalishlari: erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash,
o‘qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlanishi; har bir fuqaroning o‘z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega
bo‘lishi; isteʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash;
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar,
nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish kabilarning xorij tajribasi va amaliyotga tatbiq etilishi masalalari tahlil etilgan.