Agroklasterlar samaradorligini oshirish yo‘llari
##semicolon##
Agroklasterumumiy vergul ro'yxat seperatori ishlab chiqarish samaradorligiumumiy vergul ro'yxat seperatori klaster tizimiumumiy vergul ro'yxat seperatori qo‘shilgan qiymat zanjiriumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsion agrotexnologiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori klaster infratuzilmasiumumiy vergul ro'yxat seperatori modernizatsiyaumumiy vergul ro'yxat seperatori eksportumumiy vergul ro'yxat seperatori importumumiy vergul ro'yxat seperatori marketing strategiyalariumumiy vergul ro'yxat seperatori mahsulot sifati##article.abstract##
Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, fan va texnikaning rivojlanishi natijasida barcha sohalar
kabi agrar sohada ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Bu sohani rivojlantirishga esa davlat va jamiyat oldidagi
muhim ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunga asosiy sabab, agrar soha mamlakat oziq-ovqat muammolarini hal
etish bilan birga oziq-ovqat sanoati korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan asosiy tarmoq hisoblanadi. Agrar
sohada klasterlashuv modeli jahon amaliyotida o‘z samaradorligini ko‘p marta isbotlagan mexanizm hisoblanadi.
Agroklasterlar — bu o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlovchi korxonalar, logistika xizmatlari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda moliya institutlarini yagona hududiy tizimda birlashtirish orqali yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulot yaratishni maqsad qiladi. So‘nggi yillarda Respublikamizda xalqaro amaliyotda sinalgan,
iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan klaster tizimini joriy etish,
bozor munosabatlari va tajribalarini hayotga tadbiq etishga katta e’tibor berilmoqda. Buning natijasida, agroklasterlar
samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi sohasining umumiy raqobatbardoshligini ko‘tarish, aholi bandligini ta’minlash va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.