Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida mintaqaviy tibbiy xizmatlar tizimini rivojlantirishning nazariy asoslari
##semicolon##
davlat-xususiy sheriklikumumiy vergul ro'yxat seperatori sog‘liqni saqlashumumiy vergul ro'yxat seperatori mintaqaviy tizim;umumiy vergul ro'yxat seperatori tibbiy xizmatlarumumiy vergul ro'yxat seperatori nfratuzilma modellariumumiy vergul ro'yxat seperatori servis (xizmat) kontraktlari##article.abstract##
Maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida mintaqaviy tibbiy xizmatlar tizimini rivojlantirishning
nazariy asoslari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, milliy statistika ma’lumotlari,
tahliliy agentliklar materiallari hamda mahalliy va xalqaro adabiyot tahliliga tayangan holda uchta asosiy metodologik
doira ochib beriladi: institutsional, kontrakt (shartnoma) va tizimli yondashuvlar. Institut¬sional muhit DXShni joriy etish imkoniyatlarini belgilashi; kontrakt nazariyasi risklarni taqsimlash tamoyillari va to‘lov mexanizmlarini aniqlashi;
tizimli yondashuv esa loyihalarni yagona mintaqaviy tibbiy yordam tarmog‘iga integratsiya qilishni talab etishi
ko‘rsatiladi. Samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari taklif etiladi: oldindan investitsion “value for money” (VfM) baholashi,
takrorlanadigan modellar uchun tipik KPI ko‘rsatkichlari va sog‘liqni saqlash organlarida kontrakt-menejmentni
kuchaytirish. Materiallar va xulosalar ilmiy hamjamiyat hamda mintaqaviy sog‘liqni saqlash siyosati amaliyotchilariga
mo‘ljallangan.