QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANISHINI BAHOLASH, KO‘RSATKICHLAR VA INDIKATORLAR TIZIMI
##semicolon##
barqaror qishloq xo‘jaligiumumiy vergul ro'yxat seperatori baholash indikatorlariumumiy vergul ro'yxat seperatori SDG-2umumiy vergul ro'yxat seperatori FAO SAFAumumiy vergul ro'yxat seperatori agroekologik ko‘rsatkichlarumumiy vergul ro'yxat seperatori oziq-ovqat xavfsizligiumumiy vergul ro'yxat seperatori resurslar samaradorligi##article.abstract##
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlanishini kompleks baholash tizimi, uning asosiy ko‘rsatkichlari va indikatorlari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot FAO ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, OECD, Jahon banki hamda BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) doirasida ishlab chiqilgan ramkaviy yondashuvlar asosida amalga oshirilgan. Iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va boshqaruv o‘lchamlari bo‘yicha 47 ta asosiy indikator tahlil qilinib, ularning global va mintaqaviy qo‘llanilish imkoniyatlari baholangan. Qishloq xo‘jaligi sohasida barqarorlikni o‘lchash metodologiyasi global tajriba asosida tizimlashtirilib, O‘zbekiston sharoitiga tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, barqarorlikni baholashda integrallashgan ko‘p o‘lchamli tizimlar yagona iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan 2,4 barobar ko‘proq ma’lumott sig‘imiga ega.