AHOLIGA UY-JOY KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH SIFATINI BAHOLASH VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
##semicolon##
uy-joy kommunal xizmatlariumumiy vergul ro'yxat seperatori xizmatlar sifatiumumiy vergul ro'yxat seperatori baholash ko‘rsatkichlariumumiy vergul ro'yxat seperatori kommunal infratuzilmaumumiy vergul ro'yxat seperatori raqamli monitoringumumiy vergul ro'yxat seperatori energiya tejamkorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori davlat-xususiy sheriklikumumiy vergul ro'yxat seperatori institutsional boshqaruvumumiy vergul ro'yxat seperatori ekologik barqarorlikumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy farovonlik##article.abstract##
Mazkur maqolada aholiga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini baholash va uni
takomillashtirish masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda uy-joy kommunal xizmatlarining
elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz, issiqlik ta’minoti hamda chiqindilarni boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlari
bo‘yicha 2020–2024-yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosida xizmatlar sifati dinamikasi o‘rganilgan. Texnik
iqtisodiy, institutsional va raqamli monitoring usullari orqali xizmatlar uzluksizligi, qamrov darajasi, avariya holatlari
va aholi murojaatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tashkiliy-boshqaruv, texnologik-innovatsion, iqtisodiy-moliyaviy
va normativ-huquqiy takomillashtirish usullari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijalari uy-joy kommunal xizmatlar
sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkorlikni kuchaytirish, boshqaruv shaffofligini
ta’minlash hamda investitsion faollikni rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Mazkur xulosalar
hududiy rivojlanish, ijtimoiy farovonlik va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda amaliy ahamiyat kasb etadi.