FERMER XO‘JALIKLARI FAOLIYATINI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI
##semicolon##
raqamli texnologiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori qishloq xo‘jaligiumumiy vergul ro'yxat seperatori hosildorlik prognoziumumiy vergul ro'yxat seperatori masofaviy zondlashumumiy vergul ro'yxat seperatori sun’iy intellektumumiy vergul ro'yxat seperatori raqamli transformatsiyaumumiy vergul ro'yxat seperatori O‘zbekiston##article.abstract##
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb
yo‘nalishlari va ularning hosildorlik hamda ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot davomida
mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida raqamli monitoring, masofaviy zondlash, sun’iy
intellekt asosida hosil prognozi va “aqlli qishloq xo‘jaligi” tizimlarining qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganildi.
Shuningdek, ilg‘or tajribalar natijalari O‘zbekiston dehqonchilik tizimiga taqqoslab ko‘rsatildi va raqamli
texnologiyalarni joriy etishning ijobiy tomonlari hamda mavjud muammolari ochib berildi. Tadqiqot natijalari raqamli
texnologiyalardan foydalanish orqali suv resurslarini tejash, hosildorlikni barqaror oshirish va fermer xo‘jaliklarining
raqobatbardoshligini kuchaytirish mumkinligini ko‘rsatdi. Maqola natijalari qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida samarali
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda va raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishda muhim ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etadi.