JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I MA’MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH VA KADASTR MA’LUMOTLARI INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI

##article.authors##

##semicolon##

Jismoniy shaxslar yer solig‘iumumiy vergul ro'yxat seperatori yer solig‘i ma’muriyatchiligiumumiy vergul ro'yxat seperatori mahalliy byudjet daromadlariumumiy vergul ro'yxat seperatori yer resurslarini fiskal boshqarishumumiy vergul ro'yxat seperatori soliq bazasini aniqlash mexanizmiumumiy vergul ro'yxat seperatori yer kadastri va soliq integratsiyasi

##article.abstract##

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar tomonidan yer soligʻini
hisoblash va toʻlash jarayonining nazariy-huquqiy asoslari hamda amaliy muammolari tizimli ravishda tahlil qilinadi.
Tadqiqotning dolzarbligi Oʻzbekistonda mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda yer soligʻining muhim fiskal
manba ekanligi, shuningdek, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash zarurati bilan belgilanadi.
Tadqiqotning maqsadi - jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi amaliyotida mavjud tashkiliy-iqtisodiy
va huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqishdan iborat. Metodologik asos sifatida tahlil va sintez, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik maʼlumotlarni
umumlashtirish hamda tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi.
Maqolada yer soligʻining mahalliy byudjet daromadlaridagi oʻrni, soliqqa tortish mexanizmining amaldagi
holati, raqamlashtirish jarayonlari va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. Tahlil
natijasida yer uchastkalari boʻyicha yagona integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasining yetarli darajada
shakllanmaganligi, yerga egalik va foydalanish huquqining huquqiy maqomida noaniqliklar mavjudligi, soliq
qarzdorliklarining ortib borishi hamda soliq madaniyatining past darajasi kabi tizimli muammolar aniqlandi.
Shuningdek, yer soligʻi tizimini raqamlashtirishni chuqurlashtirish, kadastr va soliq organlari axborot
tizimlarini integratsiyalash, soliq toʻlovchilarga axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda normativ-huquqiy
bazani takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari mahalliy byudjet daromadlarini
oshirish, soliq intizomini mustahkamlash va yer resurslaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi
hamda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Taqdimot chop etildi

2026-04-18

##issue.issue##

Bo'lim

RAQAMLI IQTISODIYOT