Davlat moliyaviy siyosatini raqamlashtirish maqsadlarini belgilashga tashkiliy-iqtisodiy yondashuv
##semicolon##
davlat moliyaviy siyosati (MC)umumiy vergul ro'yxat seperatori yagona moliyaviy siyosatumumiy vergul ro'yxat seperatori moliyaviy siyosatni raqamlashtirishumumiy vergul ro'yxat seperatori moliyaviy siyosatni raqamlashtirish maqsadlari##article.abstract##
Maqolada moliyaviy siyosatni raqamlashtirish asosida takomillashtirish masalalari kо‘rib chiqilgan.
Tadqiqotning dolzarbligi ikki jihatdan namoyon bо‘ladi. Bir tomondan, bu moliyaviy siyosatning (MC) barcha
yо‘nalishlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni yaxshilash zarurati bilan belgilanadi. Ikkinchi tomondan esa, tadqiqot
mavzusining ahamiyati bugungi kunda dunyoda iqtisodiyot rivojlanishining raqamlashuvi, jumladan, moliya
sohasida ham kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liqdir. Ushbu ikki jihatni bir butunlikda kо‘rib chiqish, davlat moliyaviy
siyosatini raqamlashtirishning yangi tashkiliy-iqtisodiy yondashuvlarini izlash va eng avvalo, uning maqsadlarini
aniqlashning muhimligini kо‘rsatadi. uammoning mohiyati shundaki, moliyaviy siyosatning barcha yо‘nalishlari
faoliyati jarayonlari va natijalari о‘zaro bog‘liq bо‘lgan sharoitda, ularning ayrim darajadagi «avtonom» rivojlanishi
о‘zaro aloqalarni zaiflashtiradi va natijada, bizcha, har bir yо‘nalishning ham, davlat moliyaviy siyosatining ham
samaradorligini pasaytiradi. Maqolani yozishdan maqsad — Rossiya Federatsiyasi (RF)da moliyaviy siyosatning turli
yо‘nalishlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishni tahlil qilish va ushbu tahlil asosida RF Hukumati moliya bloki vazirlik va
idoralari faoliyatini raqamlashtirish maqsadlarini aniqlash orqali muvofiqlashtirish yо‘llarini belgilash va asoslashdir.
Tadqiqot metodologiyasi mavzug‘a oid ma’lumotlarni maqsadli izlash, iqtisodiy va mantiqiy tahlil, huquqiy hujjatlarni
о‘rganish, intuitsiya va empirik usullardan foydalanish, induksiya va deduksiya kabi ilmiy usullarni о‘z ichiga oladi.
Tadqiqot natijasida Rossiyada moliyaviy siyosatni amalga oshirish va uni raqamlashtirish jarayoni qisqacha tahlil
qilindi. Shu asosda, davlatning hozirgi moliyaviy siyosatidan yagona moliyaviy siyosatga tashkiliy-iqtisodiy о‘tish
zarurligini asoslashga harakat qilindi. Ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun tegishli maqsad shakllantirildi va uni
“Ma’lumotlar iqtisodiyoti va davlatning raqamli transformatsiyasi” Milliy loyihasiga kiritish taklif etildi.