Fermer xo‘jaliklari faoliyatini tahlil qilishda barqaror rivojlanish tamoyillari va yashil iqtisodiyot
##semicolon##
Fermer xo‘jaliklariumumiy vergul ro'yxat seperatori barqaror rivojlanishumumiy vergul ro'yxat seperatori yashil iqtisodiyotumumiy vergul ro'yxat seperatori agrotexnologiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori resurs samaradorligiumumiy vergul ro'yxat seperatori ekologik xavfsizlikumumiy vergul ro'yxat seperatori ijtimoiy farovonlik##article.abstract##
Mazkur maqolada fermer xo‘jaliklari faoliyatini barqaror rivojlanish tamoyillari hamda yashil iqtisodiyot
konsepsiyasi asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida fermer xo‘jaliklari iqtisodiy samaradorligini
oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy farovonlikni mustahkamlash
yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Statistik ma’lumotlar, xalqaro tashkilotlarning (FAO, Jahon banki, IFAD) hisobotlari va so‘nggi
yillarda chop etilgan ilmiy maqolalar asosida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarida suv
va energiya samaradorligi yetarli darajada emas, biroq zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etgan xo‘jaliklar iqtisodiy
va ekologik jihatdan yuqori natijalarga erishmoqda. Xalqaro tajriba bilan taqqoslash shuni tasdiqlaydiki, yashil
iqtisodiyot tamoyillarini keng qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tishi mumkin.