O‘zbekiston sharoitida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va muqobil energiya manbalarini joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari
##semicolon##
yashil iqtisodiyotumumiy vergul ro'yxat seperatori barqaror rivojlanishumumiy vergul ro'yxat seperatori muqobil energiya manbalariumumiy vergul ro'yxat seperatori qayta tiklanuvchi energetikaumumiy vergul ro'yxat seperatori ekologik muhofazaumumiy vergul ro'yxat seperatori yashil bandlikumumiy vergul ro'yxat seperatori innovatsion texnologiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori investitsiyalarumumiy vergul ro'yxat seperatori davlat siyosati##article.abstract##
Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida yashil iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirish hamda
muqobil energiya manbalarini joriy etish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Unda mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishida ekologik omillarni inobatga olish, barqaror o‘sishni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza
qilish masalalari tahlil qilinadi. Xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalari - quyosh, shamol va bioenergiya
resurslaridan foydalanishning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati, ularning mehnat bozori va bandlikka ko‘rsatadigan
ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat siyosati, xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik, investitsion muhit va innovatsion texnologiyalarning o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, yashil iqtisodiyot va muqobil energetikaning keng joriy etilishi nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlaydi, balki
yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mamlakatning global iqtisodiy raqobatbardoshligini
oshirish imkonini beradi.