FONEMATIK IDROK SHAKLLANISHIDA ESHITISH ANALIZATORINING AHAMIYATI
##semicolon##
Neyronumumiy vergul ro'yxat seperatori tovush tebranishlariumumiy vergul ro'yxat seperatori nutqumumiy vergul ro'yxat seperatori talaffuzumumiy vergul ro'yxat seperatori fonemaumumiy vergul ro'yxat seperatori idrokumumiy vergul ro'yxat seperatori tug’ma karlikumumiy vergul ro'yxat seperatori analizatorlar funksiyasiumumiy vergul ro'yxat seperatori dominanta##article.abstract##
Eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, koʻpchilik sut emizuvchilarda eshitish analizatorlari tashqi, oʻrta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketma-ket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimining rivojlanishi ekologik omillar va eshitish analizatorlarining hayvonlar xatti-harakatidagi ahamiyati bilan bogʻliq. Tovush tebranishlarini aniqlashda chigʻanoq toʻsigʻi asosiy ahamiyatga ega. Bu toʻsiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chigʻanoq toʻsigʻi boʻylab qator joylashgan filtrlash eshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0,1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.