DUPONT TAHLILI – BANKLAR UCHUN XUSUSIY KAPITAL RENTABELLIGINI (ROE) BAHOLASHNING KOMPLEKS KO‘RSATKICHI

##article.authors##

  • Ashiralieva, Sh.G‘. Farg‘ona davlat texnika universiteti, “Moliyа va buxgalteriya hisobi” kafedrasi assistenti, Buxgalteriya hisobi mutaxassisligi bo‘yicha magistr https://orcid.org/0009-0009-3342-4735

##semicolon##

DuPont tahliliumumiy vergul ro'yxat seperatori ROEumumiy vergul ro'yxat seperatori ROAumumiy vergul ro'yxat seperatori samaradorlikni baholashumumiy vergul ro'yxat seperatori moliyaviy faoliyatumumiy vergul ro'yxat seperatori qaror qabul qilish

##article.abstract##

Strategik yondashuvning bir turi sifatida, DuPont modeli moliyaviy faoliyat va boshqaruv samaradorligini kompleks baholash usuli hisoblanadi. Mazkur tadqiqot  “Ipak Yo‘li” Aksiyadorlik Innovatsion Tijorat Bankiningning 2016–2023-yillardagi moliyaviy faoliyatini DuPont modeli yordamida xususiy kapital rentabelligini (ROE) ni sof foyda marjasi, aktivlar aylanishi koeffitsienti va kapital multiplikatori kabi tarkibiy qismlarga ajratgan holada tahlil qiladi. Boshqa yondashuvlardan farqli ravishda, DuPont tahlili ROE ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq va batafsil tahlil qilish imkonini beradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 2020-yilda foyda marjasining ikki baravarga kamayishi ROE ko‘rsatkichining pasayishiga olib kelgan eng muhim omil bo‘lgan, shu bilan birga aktivlardan foydalanish samaradorligining oshishi umumiy aktivlar aylanish ko‘rsatkichining ortishiga xizmat qilgan. Shuningdek, kapital multiplikatorining kamayishi bank faoliyatida so‘ngi yillarda qarz mablag‘lariga bo‘lgan bog‘liqlikning pasayganini anglatadi. 2020-yilda ROE ko‘rsatkichining pasayishiga qaramasdan, bank ichki foyda manbalari va samarali xarajatlarni boshqarish hisobiga qisqa muddatda tiklanishga erishgan. Shu bilan birga, DuPont tahlili ayrim kamchiliklarga ega bo‘lib, eskirgan moliyaviy ma’lumotlarga tayanishi hamda tartibga soluvchi o‘zgarishlar yoki atrof-muhit omillari kabi nomoliyaviy faktorlarni hisobga olmasligi mumkin. Shunga qaramay, tadqiqot natijalari DuPont tahlilining bank tizimida ROE dinamikasi bilan bog‘liq samaradorlik natijalarini aniqlash va ularni shakllantiruvchi omillarni belgilashda samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Taqdimot chop etildi

2026-02-12

##issue.issue##

Bo'lim

RAQAMLI IQTISODIYOT