QUYOSH FOTOPANELLARINING SAMARADORLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TADQIQ QILISH

##article.authors##

  • Safarov Alisher Bekmurodovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
  • Raxmatov Obid Ibod oʻgʻli Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

##semicolon##

quyosh fotoelektr qurilmasi, quyosh radiatsiyasi, harorat, shamol tezligi, chang miqdori, samaradorlik.

##article.abstract##

Energetika xavfsizligi va ekologik muammolarni barqarorlashtirishda quyosh
fotoelektr qurilmalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontinental oʻzgaruvchan
iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr qurilmalarning samaradorligiga taʼsir qiluvchi omillarni ilmiy
asoslashga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr
qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash va ularning samaradorligini oshirish dolzarb
ilmiy-texnik masalalardan hisoblanadi.
Quyosh fotoelektr qurilmalari samaradorligining quyosh radiatsiyasi, tashqi harorat, shamol
tezligi va quyosh panellari sirtining changlanganlik miqdoriga bogʻliqlik matematik modellari
keltirilgan. Modellashtirish Matlab/Simulink tizimida amalga oshirilgan.
Tashqi harorat 25 oC va quyosh radiatsiyasi 1000 W/m2
boʻlganda fotopanelning quvvati
maksimal 200 W ga, agar harorat 75 oC boʻlganda taxminan chiqish quvvati 110 W ga teng boʻlishi
oʻrganilgan. Oʻtkazilgan tajribalar quyosh fotopanellari sirtining changlanganlik miqdori taxminan
0,1 gr/m2
boʻlganda qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti maksimal 16 %, agar 80 gr/m2
boʻlganda
qurilmaning samaradorligi 4% gacha pasayishini koʻrsatdi. Shamol tezligi juda kichik boʻlganda
quyosh fotopanellarining harorati 72 oC, shamol tezligi 25 m/s boʻlganda harorat pasayishi 48 oC
boʻlishi aniqlangan.
Oʻzgaruvchan iqlim sharoitlarida quyosh panellari sirtini changdan tozalash va qizishdan
saqlash orqali quyosh fotoelektrik qurilmalarning energiya samaradorligini 20…30% gacha oshirish
imkoniga ega boʻlishi asoslangan.

##submission.citations##

https://www.irena.org//media/Files/IRENA/Agency/Publication/2021/Jun/IRENA_

World_Energy_Transitions_Outlook_Summary_2021_RU.pdf

Uzoqov G‘.N., Xo‘jaqulov S.M., Uzoqova Yu.G‘. Muqobil energiyadan foydalanish asoslari. -

T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 160 b.

Аллаев К.Р. Современная энергетика и перспективы ее развития. Под общей редакцией

академика Салимова А.У. -Т.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021. 952 стр.

Quyosh energiyasidan foydalanish ko‘rsatgichlari. https://www.iea.org/energysystem/renewables/solar-pv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son.

https://lex.uz/uz/docs/-6385716

G.N.Uzokov, A.B.Safarov. Mathematical Modeling Of Solar Photoelectric Batteries In

Matlab/Simulink System. IBAST. Vol.3. Iss.9. 2023. Pp.80-88.

https://zenodo.org/records/8347989

Safarov A.B., Uzoqov Gʻ.N. Kombinatsiyalashgan quyosh-shamol energetik qurilmasini

modellashtirish. “O‘zbekgidroenergetika” ilmiy-texnik jurnali №2, 2023. 77-81 b.

Safarov A.B., Uzoqov Gʻ.N., Mamedov R.A. Kombinatsiyalashgan quyosh-shamol energetik

qurilmasi. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (17.08.2023 y. FAP 02323)

D. L. King et.al. Photovoltaic array performance model. Sandia National Laboratories

Albuquerque, New Mexico 87185-0752. https://energy.sandia.gov/wpcontent/gallery/uploads/SAND-2004_PV-Performance-Array-Model.pdf

Toshmamatov,B., Davlonov,Kh., Rakhmatov, O., Toshboev, A., Rakhmatov, A. Modeling of

thermal processes in a solar installation for thermal processing of municipal solid waste AIP

Conference Proceedings 2612,050027 2023.

Toshmamatov, B., Davlonov, Kh., Rakhmatov, O., Toshboev, A. Recycling of municipal solid

waste using solar energy. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering

(1),012165 2021.

Autonomous heat-cooling and power supply system based on renewable energy

devices (trigeneration system) A.B.Safarov, O.I.Rakhmatov, and Yu.G.Uzakova BIO Web of

Conferences, 02(2023) CIBTA-II-2023 71 030 https://doi.org/10.1051/bioconf/20237102030.

##submission.downloads##

Taqdimot chop etildi

2024-12-26