SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI

##article.authors##

  • Uzoqov Gʻulom Norboyevich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
  • Abduraxmanova Nasiba Kuchkarovna “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MChJ
  • Toshmamatov Bobir Mansurovich Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

##semicolon##

gaz kimyo majmuasi, ikkilamchi energiya resurslari, energiya tejamkorlik, oqova suvlar, yoqilgʻi-energiya resurslari, issiqlik quvvati, tutun gazlari, iqtisodiy samaradorlik.

##article.abstract##

Gazni qayta ishlash korxonasining energiya samaradorligini oshirish, ikkilamchi
energiya resurslari potensialini aniqlash va korxonaning energiya balansida ishlatish boʻyicha
texnik yechimlar ishlab chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Neft va gazni qayta ishlash
korxonalarining energiya balansi tahlili shuni koʻrsatadiki, texnologik jarayonlarda 65% issiqlik
energiyasi, 8÷10% elektr energiyasi va 25÷27% gaz sarf qilinadi. Natijada, atrof-muhitni
ifloslantiradi va atrof-muhitga muqarrar yoʻqotilishi mumkin boʻlgan ikkilamchi energiya (tutun
gazlari, ikkilamchi bugʻlar, oqova suvlar,...) oqimlari yuzaga keladi. Shu sababli, ikkilamchi
energiya resurslarini qayta ishlatish, yaʼni utilizatsiya qilish energiya samaradorlikni oshirishni
asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot ishining maqsadi gazni qayta ishlash korxonasida
ikkilamchi energiya resurslarining miqdori, energetik quvvatini aniqlash, korxonaning umumiy
energiya balansida ishlatish imkoniyatlarini baholash hamda qoʻshimcha yoqilgʻi-energiya
resurslarini tejash hamda zaxiralarini asoslashdan iborat.
Maqolada sanoat korxonalari va obyektlarining energiya balansi va termodinamik tahlil
usullari hamda issiqlik texnikasining asosiy qonunlari asosida ikkilamchi energiya resurslarining
issiqlik quvvati va energiya potensiali aniqlangan. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan
GKM”) MChJ korxonasi misolida ikkilamchi energiya resurslarining potensiali termodinamik tahlil
qilingan. Ikkilamchi energiya resurslar(IER)ini utilizatsiya qilish natijasida korxonada katta
miqdorda yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash imkoniyatlari baholangan. Issiqlik ikkilamchi
energiya resurslarini issiqlik quvvatlari hisoblash metodikasi, hisoblash natijalari va IERni tarkibiy
diagrammalari keltirilgan.
“Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasining IER energiya potensiali tahlili shuni koʻrsatadiki, tutun
gazlari bilan atrof-muhitga chiqariladigan issiqlik yuqori 9,0÷10,0 MVt ni tashkil etadi. Dastlabki
nazariy tadqiqotlar oqova suvlarning past potensialli issiqligini utilizatsiya qilish natijasida
2,0÷2,7 MVt qoʻshimcha issiqlik energiyasi olish imkoniyati mavjudligi koʻrsatdi.

##submission.citations##

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi

energiya manbalarini va energiya tejovchi qurilmalarini joriy etishni jadallashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57 sonli qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga

moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-60-sonli

farmoni.

Вдовина А.А. Проблемы и перспективы инновационного развития мировой газовой

промышленности //Научный журнал Российского газового сообщества, 2014. – №1. –

с.71-79.

Еременко О.В. Приоритеты инновационного развития и особенности оценки

эффективности проектов в газоперерабатывающих и газохимических производствах,

Москва – Берлин, 2017, 171 с.

Долотовский И.В. Системный анализ и повышение эффективности энергетического

комплекса газоперерабатывающих предприятий //Автореф. на соискание к.т.н., 2008,20с.

Богданов И.А. Повышение энергоэффективности автономных электротехнических

комплексов нефтегазовых предприятий с использованием вторичных энергоресурсов

//Автореферат на соискание к.т.н., Санкт-Петербург, 2021. -20 с.

Байков И.Р., Молчанов Р.А., Гатауллина А.Р., Кулагина О.В. Предложения по

представлению информации о вторичных энергетических ресурсах (ВЭР) в

энергетическом паспорте // Теория Нефтегаз. №9. 2013. -с.76-82.

Еременко О.В. Инновационные решения в области повышения энергоэффективности

газопереработки // Материалы меж. конференции «Энергетика и энергосбережение:

теория и практика», 2017 г. с. 123-124.

Allayev K.R. Zamonaviy energetika va uning rivojlanish istiqbollari. –T.: “Fan texnologiyalar

nashriyot –matbaa uyi”, 2021. 952 b.

Таймаров М.А., Ильин В.К., Осипов А.Л., Долгова А.Н., Ахмеров А.В. Теплонасосный

комплекс для утилизации вторичных энергоресурсов нефтехимических заводов //

Проблемы энергетики, 2016, том 21, №3-4. С. 8-16.

Василев Г.П., Абуев И.М., Горнов В.Ф. Теплонасосная установка, утилизирующая

теплоту неочищенных сточных вод // Новости теплоснабжения, №07(155), 2013 г.

Куликов В.М. и др. Методика энергетических обследований предприятий по выявлению

и использованию вторичных энергоресурсов Свердловск, 2001 г.

##submission.downloads##

Taqdimot chop etildi

##submission.updatedOn##

##submission.versions##