“SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” KORXONASI OQOVA SUVLARINING ISSIQLIGINI UTILIZATSIYA QILISH SAMARADORLIGI
##semicolon##
oqova suv, ikkilamchi energiya manbalari, issiqlik nasosli qurilmalar, parabolaslindrik quyosh konsentrator, issiqlik taʼminoti tizimi, energiya samaradorlik.##article.abstract##
Jahonda issiqlik va yoqilgʻi-energiya resurslarini boshqarishning energiya
tejamkor tizimlarini yaratishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) foydalanish
boʻyicha kuchli tendensiyalar kuzatilmoqda.
Ushbu maqolada “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan GKM”) MChJning ikkilamchi
energiya manbalari (oqova suvlari)ning issiqligini QTEM va issiqlik nasosli qurilmalar (INQ)
asosida utilizatsiya qilish orqali “Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi obyektlarini qoʻshimcha issiqlik
energiyasi hamda tozalangan texnik suv bilan taʼminlash imkoniyati koʻrib chiqilgan.
“Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqligini utilizatsiya qilish
va issiqlik taʼminoti tizimlarida foydalanish samaradorligini hisoblashda oqova suvlarining fizikkimyoviy, texnologik parametrlari, oqova suvlarning miqdori va issiqlik quvvatlarini tajribaviy
tadqiqot, issiqlik-texnik va hisoblash kabi anʼanaviy usullardan foydalanilgan.
“Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqlik quvvatini oshirish,
texnologik jarayonlar uchun tozalangan texnik suv, korxona obyektlarini issiqlik bilan taʼminlash
imkonini beradigan, past haroratli oqova suvlar issiqligini quyosh-termik bugʻ kompressorlik issiqlik
nasosi (BKIN) usulda utilizatsiya qilish, issiqlik va tozalangan texnik suv olishning texnologik
sxemalari taklif qilingan boʻlib, ularning issiqlik quvvati va energiya samaradorligi asoslangan.
Qashqadaryo viloyati meteorologik iqlim parametrlarini hisobga olib, taklif qilinayotgan
“Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasi past haroratli oqova suvlari issiqligini BKIN usulida utilizatsiya
qilish natijasida yiliga 350⁓400 tonna shartli yoqilgʻi (koʻmir) tejalishiga erishiladi.
##submission.citations##
Uzakov G., Khamraev S., Khuzhakulov S. Rural house heat supply system based on solar
energy // IOP Conference Series: Materials Science and Engineering, 2021, 1030(1), 012167.
Uzakov G.N., Toshmamatov B.M., Khusenov A.A., Nurmanov Sh.Kh. Geothermal systems for
autonomous heat supply of local facilities // Alternative energy, 2021, T. 3. No. 3. P. 41-46.
Toshmamatov B.M., Rakhmatov O.I., Valiyev S.T., Nurmanov Sh.Kh. Hybrid heat power based
on geothermal energy corrects heat-technical parameters//Alternative energy, 2023, T. 9. No. 2.
Pages 72-82.
Uzakov G.N., Davlanov Kh.A., Toshmamatov B.M., Kamolov B.I. Analysis of hybrid heating
systems for residential buildings using renewable energy sources //Alternative energy, 2023, T.
No. 1. P. 9-15.
Uzakov G.N., Davlanov Kh.A., Toshmamatov B.M. Energy efficient systems and technologies
using alternative energy sources //Alternative energy, 2021, T. 1. P. 7-19.
Milova L. Thermal pumps for water systems of heating and hot water supply // Bathroom
equipment, heating, conditioning, 2009, No. 4. P. 50 – 58.
Gubanov M. M. Features of the German legislation in the field of energy saving and application
of renewables//Industrial power, 2013, No. 1. P. 54 61.
Islam M.A. and Aldaihani F.M.F., Justification for adopting qualitative research method,
research approaches, sampling strategy, sample size, interview method, saturation, and data
analysis// Journal of International Business and Management, 2022.5(1), pp.01-11.
Herez A., Hage H.E., Lemenand T., Ramadan M., Khaled M.: Review on photovoltaic/thermal
hybrid solar collectors: Classifications, applications and new systems//Solar Energy, 2020, 207,
–1347.
Kudratov J., Toshmamatov B. Justification of heat-technical parameters of hybrid heat and hot
water supply system //European international journal of multidisciplinary research
and management studies. Volume 03 Issue 09. (2023).
##submission.downloads##
Taqdimot chop etildi
##submission.howToCite##
##issue.issue##
Bo'lim
##submission.license##
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by-nc4.footer##