TOMCHILATIB SUG‘ORISHDA MATEMATIK MODEL VA SU’NIY INTELLEKT ALGORITMI

##article.authors##

  • Turg‘unov Adilbek Muxtarovich “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

##semicolon##

Sun'iy intellektumumiy vergul ro'yxat seperatori tomchilatib sug‘orishumumiy vergul ro'yxat seperatori Nav'e-Stoks tenglamasiumumiy vergul ro'yxat seperatori matematik modelumumiy vergul ro'yxat seperatori Python tilida dasturlashumumiy vergul ro'yxat seperatori boshqaruv algoritmi

##article.abstract##

Sunʼiy intellekt (SI) qishloq xoʻjaligini transformatsiya qilib, suv tejovchi
sugʻorish tizimlariga kirib, suvdan foydalanishni optimallashtirish, suvga bo‘lgan ehtiyojni bashorat
qilish, sugʻorish tizimlarini monitoring qilish, oʻsimliklar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va
oʻgʻitlarni boshqarish uchun yechimlar taklif qilmoqda. SI texnologiyalari tuproqning holati, iqlim
sharoitlari va oʻsimliklarning xususiyatlari kabi koʻplab oʻzgaruvchilarni tahlil qilib, sugʻorish
jarayonlarini optimallashtirish va resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Bu yoʻnalish
hosildorlik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun dolzarb boʻlib, bu orqali
xarajatlarni kamaytirish va atrof-muhitga taʼsirini minimallashtirish mumkin.
Bu boʻlimda suv, tuproq, oʻsimliklar va iqlim sharoitlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni
hisobga olgan holda, tomchilatib sugʻorish jarayonini optimallashtirish uchun matematik model
ishlab chiqish tavsiflanadi. Suyuqlikning harakatini tasvirlovchi Navye-Stoks tenglamalari va
cheklangan elementlar usuli kabi raqamli usullardan foydalanish, suv oqimini modellashtirish va optimallashtirishni taʼminlaydi. Optimizatsiya jarayoni bir qator bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
tizimni modellashtirishdan va parametrlarni belgilashdan tortib, optimal yechimlarni topish uchun
optimizatsiya usullaridan foydalanishgacha. Shuni ta’kidlash lozimki,sugʻorishni optimallashtirish
vazifasining murakkabligi va koʻplab oʻzgaruvchilarni, jumladan tomchilatib sugʻorishning amaliy
jihatlarini, masalan, tomchilatib sug‘orish tizimlarining joylashuvi va tuproq turlarini hisobga
olishning muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotlar natijasida tomchilar harakatini (masalan, tomchilar tezlik maydonida harakat
tenglamalari) hisobga olgan holda Nav'e-Stoks tenglamasini hal qilish algoritmi ishlab chiqildi. Bu
model fazo va vaqtda tomchilarning tarqalishini, ularning atrof-muhit va boshqa tomchilar bilan
o‘zaro ta'sirini hamda sug‘orish jarayonida suyuqlikning umumiy harakatini tasvirlash imkonini
beradi.
Tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun matematik model va sun'iy intellekt algoritmini ishlab
chiqish masalalari o‘rganildi. Sug‘orish tizimi jarayonlarini modellovchi sifatida Nav'e-Stoks
tenglamasi qo‘llanilgan

##submission.citations##

Камышова, Г.Н. моделирование нейропрогнозирующего управления дождевальными

машинами = modeling of neural predictive control of irrigation machines / . — с.14- 22. —

Электрон. текстовые дан. // Природообустройство / Prirodoobustrojstvo. – 2021. – Вып.

Коллекция: Журнал Природообустройство». http://elib.timacad.ru/dl/full/gmgup-02- 2021-

pdf .

Ковеня В.М. Разностные методы решения многомерных задач: Курс лекций.

Новосибирск: Изд-во Новосиб. гос. ун-та, 2004. 146 с.

Роуч П. Вычислительная гидродинамика. – М.: Мир, 1980 – 616 с.

Самарский А.А. Теория разностных схем. – М: Наука, 1977 – 656 с.

Абдуллаев Х.Ф., Абдуллаев М. Капельное орошение и его технологические элементы //

Современные научные исследования и инновации. 2021. № 8 [Электронный ресурс].

URL: https://web.snauka.ru/issues/2021/08/96362.

Рахимбаев Ф.М., Шукурлаев Х.И. Методические указания по проектированию системы

капельного орошения., Ташкент, 1999г.

Уравнение Навье – Стокса и симуляция жидкостей. [Электронный ресурс] CUDA/Хабр.

URL: https://habr.com/ru/post/470742

[Электронный ресурс] URL: http://www.mpei.ru/Science/Dissertations /dissertations/

Dissertations/SavinAA_diss.pdf#1

Suv xo‘jaligi masalalarini Python dasturlash tilida yechish. Monografiya. “TIQXMMI” MTU

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti. Q.2023. 122 -bet. Globe Edit nashriyoti.

##submission.downloads##

Taqdimot chop etildi

2024-12-24