LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI

Авторы

  • Pirnazar Bobomirzaev Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali
  • Mahliyo Savurova Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

Ключевые слова:

lalmikor yerlar, tog‘ oldi mintaqasi, to‘q tusli bo‘z tuproq, qattiq bug‘doy, Langar navi, ekish muddati, me’yori, rivojlanish fazalari, o‘sish davri, don, hosil

Аннотация

Ushbu maqolada Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasida qishloq xo‘jalik ekinlarining Davlat reestriga lalmikor yerlarda ekish uchun kiritilgan Langar navining maqbul ekish muddati va me’yorlarini aniqlash va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotni olib borish va fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ilk bor qattiq bug‘doy yangi Langar navini ekish muddati va me’yori Jizzax viloyati lalmikorlikning tog‘oldi mintaqasi sharoitida maqbullashtirilgan; lalmikorlikda qattiq bug‘doyning iqtisodiy jihatdan samarali maqbul ekish muddati va me’yorlarida o‘simlikning dala unuvchanligi, mahsuldor va umumiy tuplanish, o‘simliklarning qishga va yotib qolishga chidamliligi qiyosiy jihatdan aniqlangan; qattiq bug‘doyni 21-oktabrda gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekilganda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi bois eng yuqori mahsuldor tuplanish 2,09 dona va 1 m2dagi mahsuldor poyalar 230,5 dona shakllanishi aniqlangan.Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ekish muddatlarining kechikib va me’yorlarining oshib borishi bilan o‘suv davri qisqarib boradi.  Qattiq bug‘doyning Langar navidan mo‘l va sifatli hosil olish uchun  maqbul ekish muddati 21-oktabrida gektariga 3,0 mln. unuvchan urug‘ ekish hamda ekish muddati kechikishi bilan (11.11), (1.12) ekish me’yorini gektariga 3,5 mln. unuvchan urug‘gacha oshirish  maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tajribalar natijalari tahlil qilinib yakunida xulosalar berilgan.

Библиографические ссылки

Amanov A.A. va boshqalar. Iqlim va ob-havo sharoitlari o‘zgarishini lalmikor ekinlar hosildorligiga ta’siri. G‘allaorol, 2012. 36-b.

Amanov A.A., O‘rinboyev T.X., Siddiqov R.E. O‘zbekiston bug‘doyi, Sangzar nashriyoti-2013. 120 bet.

Bobomirzayev P., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley/ Journal of Hunan University Natural Sciences)Vol. 49. No. 01. January 2022.

Nurmatov va boshqalar. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI–T.2007. -B.146.

Доспехов Б.A. Meтодика полевого опыта. – M: «Koлoс», 1985. - 317 с.

Ilashev A., O‘rinboyev T., Siddiqov R. Jizzaxda bug‘doychilikning ilmiy-amaliy asoslari. Sangzor nashriyoti, 2012 y., 60-70 b.

Qarshiboev H., Mavlanov J. Lalmikor maydonlarda qattiq bug‘doy yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar, T. “Tafakkur” nashriyoti, 32 b.

Blumenthal C. S., Barlow E. W. R., and Wrigley C. W., “Growth environment and wheat quality: the effect of heat stress on dough properties and gluten proteins” Journal of Cereal Science, vol. 18, no. 1, pp. 3–21, 1993.

http://www.fao.org 2020.

Agronomy 2020, 10, 432; doi:10.3390/agronomy10030432

Загрузки

Опубликован

2023-09-10

Как цитировать

Bobomirzaev, P., & Savurova, M. (2023). LALMIKORLIKNING TOG‘ OLDI MINTAQASIDA QATTIQ BUG‘DOY EKISH MUDDATI VA ME’YORLARI. Innovatsion Texnologiyalar, Innovative Technologies, 50(02), 111–115. извлечено от https://ojs.qmii.uz/index.php/it/article/view/399

Выпуск

Раздел

Статьи