DUNYOVIY DAVLAT – TINCHLIK VA TOTUVLIK KAFOLATI

Authors

  • Saifnazarov Ismoil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Keywords:

Yangi O‘zbekiston, referendum, shaxs, umumxalq, dunyoviy davlat, vijdon erkinligi, qonun ustuvorligi

Abstract

Ushbu maqolada mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi, milliy qadriyatlarimiz, adolatli fuqarolik jamiyati, demokratik huquqiy davlat qurish, konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi - insonni va uning hayotini ulug‘lash ekanligini, inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi yoritilgan.

Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarda xalq farovonligini oshirish va turmushini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi mavqei mustahkamlaydi. Bu Asosiy qonunga davlatning nafaqat teng huquqlar, balki teng imkoniyatlarni ta’minlash, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, munosib turmush sharoitini yaratish, davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha vazifalarini strategik tarzda kiritishni anglatadi. Yangilangan Konstitutsiyani ishlab chiqishda O‘zbekiston fuqarolarining misli ko‘rilmagan faolligi, O‘zbekiston o‘zining yangi Konstitutsiyasida ijtimoiy davlat sifatida belgilanib, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanganini ham ko’rish mumkin.

            Muallif yangilangan Konstitutsiya xalqparvar davlat qurish maqsadida kuchli parlament, ixcham va mas’uliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini shakllantirishga qaratilgani, Prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilgani, Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalarining vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilgani va boshqa muhim o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil bayon qilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi //Xalq so‘zi, 2022-yil 21-dekabr, № 272.

Mirziyoyev Sh.M. Yangilangan Konstitutsiyamiz Uchinchi renessansni barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi //Xalq so‘zi, gazetasi 2023-yil 9-may, № 94.

A. Saidov. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11846 24.11.2023.

Poyanov Olim, & Maqsudova Gulbahor (2021). Konstitutsiya – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar poydevori. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (Special Issue 3), 214-218.

Islomov B. Yangi tahrirdagi konstitutsiya – huquqlarimizning mustahkam kafolati //Yangi O’zbekiston, gazetasi 7-aprel 2023-yil soni

Published

2024-04-16

How to Cite

Ismoil , S. (2024). DUNYOVIY DAVLAT – TINCHLIK VA TOTUVLIK KAFOLATI. Journal of Social Sciences, 1(01). Retrieved from https://ojs.qmii.uz/index.php/ij/article/view/720

Issue

Section

Статьи