MFQ SORBENTI VA UNING Cu(II), Zn(II), Ni(II) IONLARI BILAN HOSIL QILGAN METALLOKOMPLEKSLARINING SPEKTROSKOPIK TAHLILLAR

Authors

  • Mo‘minova Sh. Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi
  • Muqumova G.J. Termiz davlat universiteti doktaranti
  • Kasimov Sh.A. k.f.d.,prof.v.b., Termiz davlat universiteti,
  • Xo‘shboqova F. Termiz davlat universiteti magistranti

Keywords:

sorbent, melamin, formalin, qahrabo kislotasi, Polikondensatsiyareaksiyasi, metallokompleks, bo‘kish darajasi, Raman-spektri

Abstract

Ushbu maqolada polikondensatsiya reaktsiyasi orqali melamin, formalin va qahrabo (MFQ) kislotasi asosida sintez qilingan sorbent bo‘yicha tadqiqot olib borildi. Olingan MFQ sorbenti bilan Cu(II),Zn(II), Ni(II) ionlari bilan hosil qilgan metallokompleksing Raman spektrlari o‘rganilgan va tahlil qilindi. Ushbu maqolada polisaxarid biosorbent bilan Cd2+, Cu2+, Fe2+, Ni2+, Zn2+ ionlarining sorbsiyasi o‘rganilgan. Metall sulfatning suvli eritmasi va tarkibida sellyuloza bo‘lgan sorbentning geterofaza tizimida metall kationlarini taqsimlash jarayoniga pH ning ta’siri aniqlangan. Sintez qilingan polimer sorbentning tarkibi va xossalarini zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida o‘ganilgan. Raman spektroskopiyasi sochma yorug‘likni o‘rganishga asoslangan, IQ spektroskopiyasi esa yorug‘likning yutilishiga asoslangan. Raman spektroskopiyasi ham IQ spektroskopiyasidek namunalarni 4000 sm-1 dan 400 sm-1 gacha bo‘lgan sohada joylashgan IQ-spektrini tahlil qilish orqali qanday bog‘ mavjudligini va namunalarning qaysi sinfga oidligi haqida fikr yuritildi. Olingan yangi sorbentning va u asosida olingan metallokomplekslarning yutilish chiziqlarining spektr chiziqlar aniqlandi.

References

Kasimov Sh.A. Ba’zi d-metallarning tarkibida N,P,S bo‘lgan immobillangan ligandlar bilan metallokomplekslari: sintezi, tuzilishi va xossalari. // Doktorlik dissertatsiyasi – T.: 2021. 28-46 b.

Беззапонная О. В. Самоочищение поверхностных водных объектов от соединений тяжёлых металлов //Экология урбанизированных территорий. – 2008. – №. 2. – С. 58-62.

Никифорова Т. Е., Козлов В. А. Особенности сорбции ионов тяжелых металлов целлюлозосодержащим сорбентом из водных сред //Журнал прикладной химии. – 2010. – Т. 83. – №. 10. – С. 1642-1645.

Эшкурбонов Ф. Б. и др. Исследование сорбции некоторых металлов на синтезированных комплексообразующих ионитах //Universum: химия и биология.

Сыч Н. В. Сорбция ионов тяжелых металлов активными углями, полученными из отходов полиэтилентерефталата //Журнал прикладной химии. – 2009. – Т. 82. – №. 6. – С. 893-896.

Downloads

Published

2024-03-28

How to Cite

Mo‘minova , S., Muqumova , G. J., Kasimov , S. A., & Xo‘shboqova , F. (2024). MFQ SORBENTI VA UNING Cu(II), Zn(II), Ni(II) IONLARI BILAN HOSIL QILGAN METALLOKOMPLEKSLARINING SPEKTROSKOPIK TAHLILLAR. Sanoatda Raqamli Texnologiyalar, 2(01). Retrieved from https://ojs.qmii.uz/index.php/sr/article/view/690

Issue

Section

Kimyoviy texnologiya va qurilish