Uzbek O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY FANLAR SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI (XX ASRNING 60-70 YILLAR MISOLIDA)

Authors

  • Sarvar Axmedov Qarshi davlat universiteti tayanch

Keywords:

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, xalqaro aloqalar, xalqaro simpozium, ilm-fan aloqalari, ijtimoiy fanlar, tarix, adabiyot

Abstract

Ushbu maqolada XX asrning 60-70 yillarida ilm-fanning ijtimoiy fanlar sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining olib borishi, rivojlanishi, rivojlangan davlatlarda ilm-fan sohasida o‘ziga xos strategiya ishlab chiqilib, tizimda doimiy ravishda yangilanishlar va o‘zgarishlar yuz berayotganligi, ilm-fan islohotlari, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish muhimligi qayd etilgan. Shuningdek, tarix fanining tarixshunoslik, arxeologiya sohalaridagi xalqaro aloqalari, adabiyot sohasidagi hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademik olimlarining xalqaro konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishi aks etgan. O‘zbekiston  sobiq sovet davlatining tarkibida bo‘lgan davrda ilm-fan sohasidagi xalqaro aloqalarda faol ishtirok etganligi manbalar asosida ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston olimlarining xorijiy davlatlardagi olimlar bilan ijodiy aloqalari fundamental fanlarning aniq muammolari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan ilmiy sessiyalarda, konferensiya va kongresslarda ishtirok etishlari tufayli ham mustahkamlanib borgan. Umuman olganda, O‘zbekistonning xalqaro aloqalarini rivojlanishida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik olimlari munosib hissa qo‘shgan hamda o‘z tajribalarini xorijiy davlat olimlari bilan almashishgan.

References

Mannonov B, Nishonov M. O‘zbekiston SSRning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari. T., “Fan”. 1974.–B.51.

Международный симпозиум по изучению искусства эпохи Тимуридов. Общественные науки в Узбекистане. 1969, №10. – Б.75.

Общественные науки в Узбекистане. 1979, №7, -Б.57-68.

To‘ychiev Q. O‘rta Osiyo Respublikalarining iqtisodiy va madaniy hamkorligi. T.: “O‘zbekiston”. 1970.

–Б.35.

O‘z. MA. R-42-fond, 1-ro‘yxat, 12-ish, 75-varaq.

O‘z. MA. R-2-fond, 1-ro‘yxat, 165-ish, 96-varaq.

O‘z. MA. R-1-fond, 1-ro‘yxat, 2855-ish, 69-varaq.

O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964, №10. –B.51.

O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964, №10. –B.52.

O‘ZSSR FA Chet ellar bo‘limi joriy arxivi.1969 yil materiallari.

O‘zbekiston SSR FA Chet ellar bo‘limining joriy arxivi, 1969 yil materiallari.

Downloads

Published

2024-08-11

How to Cite

Axmedov, S. (2024). Uzbek O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY FANLAR SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI (XX ASRNING 60-70 YILLAR MISOLIDA). Journal of Social Sciences, 1(02). Retrieved from https://ojs.qmii.uz/index.php/ij/article/view/808

Issue

Section

Статьи