JADIDLAR TA’LIMI –TARAQQIYOT O‘ZAGI

Authors

  • Jo‘rayev Hamza Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Keywords:

jadidchilik, ma’rifatparvarlik, diniy ta’lim, zamonaviy ta’lim, “yangi usul”, o‘quv, darslik, musiqa, Sharq, milliy maktab, qadriyatlar, ma’naviy meros.

Abstract

Barcha davrlarda ham har qanday darajadagi muammolarni bartaraf qilishning eng maqbul usuli – bu ta’lim-tarbiyani isloh qilish hisoblanadi. Bu masala jadidchilik harakatining g‘oyalarida ham o‘z aksini topgan. Jadidlarning ma’rifatparvarlik qarashlarining asl maqsadi xalqni faqatgina diniy bilimlar bilangina emas, balki zamon talab qiladigan dunyoviy ilmlar bilan ham qurollantirish orqali hurriyatga yetaklash hisoblangan. Jadidlarning ta’lim sohasidagi yondashuvlari bugungi kunda ham o‘z nufuzini yo‘qotmagan. Mazkur maqolada buyuk ma’rifatparvar olim, sovet davrida Markaziy Osiyoda tan olingan ilk professor Abdurauf Fitratning ilm-fan sohasidagi xizmatlari, Buxoroda yangi usul maktablarini tashkil etishi, yoshlarni diniy ilm bilan birgalikda dunyoviy ilmlarni ham o‘rganishga targ‘ib qilganligi haqida ma’lumotlar tahliliy yoritilgan. Shuningdek, jadid adabiyotidagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamda uni rivojlantirish tendensiyalariga alohida ahamiyat qaratilgan. Negaki ta’lim dunyoni o‘zgartirish uchun eng qudratli quroldir. Dunyoviy ilmlar nuqtai nazaridan qarasak, ziyolilar jamiyat rivoji, millat ma’rifati uchun mas’ul shaxslar hisoblanadilar. El-yurt taraqqiy qilishi uchun, eng avvalo, millat ozod va erkin bo‘lishi lozim. Jadidlar bu haqiqatni to‘g‘ri va munosib anglagan holda Vatan ozodligi uchun ma’rifatni yuksaltirish yo‘lini tanladilar.

References

Buxoro haqiqati 1994-yil 17-avgust №66

O‘zbekistonning yangi tarixi 2. O‘zbekiston Sovet Mustamlakachilik davrida.- Toshkent: 2000, - b. 246-247.

Buxoro haqiqati 1997-yil 2-aprel №27

Qosimov B. Milliy uyg‘onish Toshkent “Ma’naviyat” 2002 263 –b.

O‘zbekiston milliy arxivi, 48-fond, 1-ro’yxat, 260-ish, 36-varaqa.

https://www.uzanalytics.com/tarix/10076.

Published

2024-04-16

How to Cite

Hamza , J. (2024). JADIDLAR TA’LIMI –TARAQQIYOT O‘ZAGI. Journal of Social Sciences, 1(01). Retrieved from https://ojs.qmii.uz/index.php/ij/article/view/726

Issue

Section

Статьи