QURITISH KAMERASINING QUYOSH HAVO KOLLEKTORIDAGI HAVO HARORATINING O‘ZGARISHINI TAJRIBAVIY TADQIQOTI NATIJALARI
Keywords:
quyosh quritgichi, quyosh havo kollektori, havo, harorat, quyosh radiatsiyasi, issiqlik miqdori, issiqlik berish.Abstract
Kirish. Hozirgi vaqtda quritish kamerasining quyosh havo kollektori qishloq hо‘jalik mahsulotlarini quritishda keng qо‘llaniladi. Quyosh havo kollektori quyosh quritgichlarining asosiy jihozlaridan biri bо‘lib, quritgichga uzatilayotgan havoni zarur haroratgacha qizdirib berish uchun xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot ishida quyosh quritgichi uchun ishlab chiqilgan quyosh havo kollektoridagi havo haroratining o‘zgarishini tajribaviy tadqiqoti natijalari keltirilgan. Shuningdek yilning may-oktabr oylarining xarakterli kunida о‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va ularni tahlili keltirilgan.
Usul va materiallar. Quyosh havo kollektorining harorat rejimi va issiqlik samaradorligini hisoblash quyidagi usul yordamida amalga oshirildi. quyosh havo kollektori yuzasiga tushgan umumiy radiatsiya, quyosh havo kollektoridagi havo tomonidan olingan foydali issiqlik va quyosh havo kollektoridan umumiy issiqlik yo'qotilishi bilan.
Natijalar. Quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli qurilmalari asosida ishlaydigan kombinatsiyalashgan sovutish quritish kamerasi qurildi va ishga tushirildi, tajribani о‘tkazish metodtikasi ishlab chiqildi
Xulosa. Kombinatsiyalashgan sovutish quritish kamerasi uchun absorberida tо‘siqlari mavjud bо‘lgan quyosh havo kollektorining tajriba qurilmasi tayyorlandi va tajriba sinovlari о‘tkazildi. quyosh havo kollektorida havo haroratini о‘zgarishini aniqlash bо‘yicha 2023 yilning may-sentabr oylarining xarakterli kunlarida о‘tkazilgan tajriba tadqiqotlarida tashqi havo harorati 19...40℃ bо‘lganda, quyosh havo kollektori yordamida о‘rtacha harorati 50...77℃ bо‘lgan issiq havo olish, shuningdek, quyosh radiatsiyasi intensivligi 5,8...7,86 kVt/m2 bо‘lganda, foydali maydoni 2,52 m2 bо‘lgan quyosh havo kollektori yordamida 14,1...17,9 kVt·soat miqdorida foydali energiya olish mumkinligi aniqlandi.
References
. Prasertsan S., Saen-saby P., Heat pump drying of agricultural materials, Dry. Technol. 16 (1998) 235-250.
. Colak N., Hepbasli A., A review of heat-pump drying (HPD): Part 2 - applications and performance assessments, Energy Convers. Manag. 50 (2009) 2187-2199.
. Jangamand S.V., Mujumdar A.S. “Heat pump assisted drying technology-overview with focus on energy, environment and product quality in Modern Drying Technology”: Energy Savings, Volume [4]: Energy Savings, chapter 4, pp. 121-162, Wiley-VCH, 2011.
. Клычев Ш.И., Бахрамов С.А., Харченко В.В. «Нестационарность КПД и емператур нагрева воды в плоских солнечных коллекторах». // Гелиотехника. 2018. - №3. – с. 51-57.
. Плешка М.С., Вырлан П.М. Разработка и исследование солнечного воздушного коллектора. // СОК, 2013. - №6. - с. 58-63.
. Oueslati1 H., Ben Mabrouk S., Mami A. Evaluation of the Performance Study of Solar Air Collector by Using Bond Graph Approach. International Review on Modelling and Simulations (I.RE.MO.S.), Vol. 4, N. 5 October 2011. – p. 2634- 2643.
. Sacilik K., Elicin A.K. The thin layer drying characteristics of organic apple slices. J. Food Eng., 2006, 73. – p. 281-289.